Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
NAVOIY SHAHRIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

NAVOIY SHAHRIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati B. Umarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar tomonidan Navoiy shahridagi 3-son oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlarni qabul qilish tartibi, shifokorlar faoliyati hamda yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muassasada bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar natijasida tizimda muayyan ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda xizmat sifatini yanada oshirish va dori vositalari ta’minotini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tizimda ochiqlik hamda sifatni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9