Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sanjar Sobirjonov tomonidan Astrobod mahallasida mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sanjar Sobirjonov tomonidan Astrobod mahallasida mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda muammoli yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalladagi ishsiz yoshlar bilan ishlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘quv kurslari va amaliy loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bandligini oshirish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1