Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Kuzenbayev tomonidan hududda hokim yordamchisi faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida:

— fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda bandligini ta’minlash holati;

— subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi;

— kasb-hunarga o‘qitish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

 Shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida hududda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3