Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Hududdagi qurilish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan hududda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, xususan, Surxandaryo viloyatida ichimlik suv ta’minotini To‘palang suv ombori manbalari hisobidan yaxshilashga qaratilgan loyiha o‘rganildi. Mazkur loyihaning umumiy uzunligi 13 km 810 metrni tashkil etib, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rganish jarayonida deputat tomonidan qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda texnik talablarning bajarilishi yuzasidan atroflicha tahlil olib borildi. Shuningdek, depuatat mas’ul tashkilot vakillari bilan suhbat davomida loyiha ijrosini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan mazkur loyiha aholi farovonligini oshirish, hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlanib, kelgusida ham bu kabi qurilish ishlari ustidan nazorat izchil davom ettirilishi bildirildi

Slide 1 of 1