Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda Kengash vakolatlari

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda Kengash vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-387-sonli qaroriga muvofiq, mahalliy Kengashlar alkogol mahsulotlarini (pivo mustasno) realizatsiya qilish sohasini tartibga solishda muhim vakolatlarga ega. 

Xususan, tuman va shahar Kengashlari ushbu mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq shartlar va tartiblarni belgilash, mahalliy yig‘im va to‘lovlarni joriy etish hamda ularning miqdorini aniqlash huquqiga ega. 

Bu orqali hududda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish ta’minlanadi. 

Deputatlar esa mazkur qaror ijrosini o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi hamda aholi manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etadi.