Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
Deputat umumiy o'rta ta'lim maktab infratuzilmasini o'rgandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Aminqulov Shaxrijahon tomonidan hududdagi 3-umumta’lim maktabida mavjud infratuzilma holati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida, avvalo, maktabdagi sport inshootlari va sport zallarining holati, ulardan foydalanish darajasi hamda mavjud sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi sinf xonalaridagi shart-sharoitlar, xususan, zamonaviy monitorlar, interaktiv doskalar va boshqa texnik jihozlarning mavjudligi va foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida maktab infratuzilmasining umumiy holati, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan qulayliklar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur o‘rganishlar ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda mavjud infratuzilmani takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1