Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarda infratuzilma va obodonlashtirish ishlari – deputat nazoratida
янв.21
Chilonzor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
❗️Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi deputat qabuli tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Raqamli boshqaruv va ijro intizomi – samarali faoliyatning muhim mezoni
янв.21
Puxta qaror va aniq huquqiy yondashuv – samarali boshqaruvning asosiy mezoni
янв.21
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 9-Saepir saylov okrugidan saylangan deputat Seydabdullayeva Fotima Otaxonovna deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zi saylangan Saepir mahallasida o‘rganishlar o‘tkazidi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 9-Saepir saylov okrugidan saylangan deputat Seydabdullayeva Fotima Otaxonovna deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zi saylangan Saepir mahallasida o‘rganishlar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan “Mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurash holatini, ayniqsa hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish” mavzusida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida mahallada 2025-yil 1-choragida 4 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2026-yil 1-choragida 3 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi. Biroq joriy yilda yangi texnologiyalar bilan bog‘liq, ya’ni kiberjinoyatlar va telefon orqali sodir etilayotgan jinoyatlar 100 foizga oshgani qayd etildi.

Shuningdek, mahalla uchastka noziri bilan suhbat jarayonida mahallada jinoyatchilikning oldini olishda tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 2