📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining “Yettinchi chaqiriq” yigirmanchi uchinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi.
Majlisda “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, iqlim o‘zgarishining oldini olish, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi boshlig‘i O. Sherdilovning axboroti tinglandi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalalar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun ma’qullandi.