Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Navruz umumxalq bayrami munosabati bilan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat Milliy Institutida tashkil etilgan Navro‘z saylida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari A.Ismailov, D.Raxmatullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixovlar ishtirok etdilar. Bayram tadbiri davomida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, an’anaviy taomlar ko‘rgazmasi hamda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan madaniy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Navro‘z bayramining ma’naviy ahamiyati, xalqimiz hayotidagi o‘rni va yoshlar tarbiyasidagi roli alohida e’tirof etildi.

Navruz umumxalq bayrami munosabati bilan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat Milliy Institutida tashkil etilgan Navro‘z saylida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari A.Ismailov, D.Raxmatullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixovlar ishtirok etdilar.

Bayram tadbiri davomida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, an’anaviy taomlar ko‘rgazmasi hamda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan madaniy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan Navro‘z bayramining ma’naviy ahamiyati, xalqimiz hayotidagi o‘rni va yoshlar tarbiyasidagi roli alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, tuman deputatlari institut jamoasini kirib kelayotgan bahor ayyomi bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda, milliy urf-odatlarimizga xos tarzda tashkil etildi.

Slide 1 of 6