Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANMAGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA  

Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solish, xususiy mulk huquqlarini mustahkamlash hamda yer resurslaridan samarali va shaffof foydalanishni ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Ushbu Qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish qonuniylik, ixtiyoriylik, haq to‘lash, xususiylashtiriladigan yer uchastkalari va ulardagi ko‘chmas mulk obyektlarining yaxlitligi, shuningdek ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Bu esa jarayonning adolatli va barqaror kechishini ta’minlaydi.

Qonunda xususiylashtirish obyektlari, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilgan yer uchastkalari, davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan hududlar hamda bo‘sh turgan yer uchastkalari aniq belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, ayrim toifadagi yer uchastkalari (tabiatni muhofaza qilish hududlari, umumiy foydalanishdagi yerlar, maxsus iqtisodiy zonalar va boshqalar) xususiylashtirilishi mumkin emasligi ham mustahkamlangan.

Qonunga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ikki asosiy shaklda amalga oshiriladi: mavjud huquqlar asosida sotib olish hamda elektron onlayn-auksionlar orqali xarid qilish. Jarayon Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, Qonunda yer uchastkalarining sotib olish qiymatini aniqlash va to‘lash tartibi, davlat organlarining vakolatlari, xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning yo‘naltirilishi, hamda mulkdorlarning huquq va majburiyatlari batafsil tartibga solingan.

Mazkur Qonun mamlakatimizda yer islohotlarini chuqurlashtirish, investitsion muhitni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning mulk huquqlarini kafolatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1