Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasida Toshloq tumanida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Kattabekovning hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish davomida tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi xavfsizligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Doimiy komissiya yig'ilishida ekspert va yoshlar maslahat guruhi a`zolari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 5