Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat G.Xudoyarova hamda mahalla raisi birgalikda Mustaqillik mahallasidagi fuqarolar murojaati asosida 284, 285, 286-sonli ko‘p qavatli uylarni o‘rganish uchun joyiga chiqdi.

O‘rganish jarayonida mazkur uylarning kirish qismidagi umumiy foydalanishdagi yo‘laklar ta’mirtalab holga kelgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat kanalizatsiya tizimini yangilash ishlari amalga oshirilishi natijasida yuzaga kelgan.

Aniqlangan muammo yuzasidan deputat tomonidan boshqaruv servis kompaniyasiga murojaat qilinib, yo‘laklarni ta’mirlash ishlarini tez fursatda amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Mas’ullar tomonidan yaqin kunlarda ta’mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilgani bildirildi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4