Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
янв.21
Qadrli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.04.2026 yildagi PF-51-son
янв.21
Hududlarda infratuzilma va obodonlashtirish ishlari – deputat nazoratida
янв.21
Chilonzor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
❗️Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi deputat qabuli tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
DEPUTAT AXBOROTI: AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM VA XALQ FARAVONLIGI — USTUVOR VAZIFA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining “2-Islomobod” saylov okrugidan saylangan deputati B.Djumaniyazov “Ziyokorlar” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashdi.   

Uchrashuv davomida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.   

Deputat B.Djumaniyazov o‘z nutqida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida bajarilgan ishlar hamda tegishli tashkilotlarga 40 dan ortiq deputat so'rovlari yuborilganini, 7 marotaba doimiy komissiya yig'ilishlarida ishtirok etganini va 1 chorak davomida 4 marta Kengash sessiyalarida qatnashib, o'zining saylov okrugidagi muammolarni hal etish borasida takliflar berilganligi haqida batafsil ma’lumot berdi.   

Kelgusida ham aholi bandligini ta’minlash deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifa sifatida belgilandi. 

Slide 1 of 2