Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan “Kuxinur siti-SSS” MCHJ rahbari S.Shodmonqulovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida “Sharq yulduzi” MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasidagi 7 va 8-uylar hamda A. Qahhor ko‘chasidagi 3-uyda oqova suv tizimi bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Xususan, mazkur uylarning ichki kanalizatsiya tarmoqlari markaziy tizimga ulanmaganligi yoki mavjud emasligi oqibatida aholi uchun noqulay sanitariya holati yuzaga kelgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan oqova suv tizimini to‘liq o‘rganish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda zarur infratuzilmani shakllantirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish talab etilgan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.