Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Oilaviy tadbirkorlik faoliyati ijrosi atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi H. Pardayev tomonidan shahardagi “Shayxon” MFYda hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqib, batafsil o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 161-sonli Qarori talablari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, qarorda belgilangan normalarning amaliyotga tatbiq etilishi holati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida: 

 oilaviy tadbirkorlik subyektlarini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash ishlari; 

 fuqarolarni, ayniqsa ishsiz va kam ta’minlangan aholini tadbirkorlikka jalb etish holati;

 imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlaridan foydalanish darajasi;

 hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari;

 mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchisining faoliyatiga oid hujjatlar, reja va hisobotlar hamda boshqa ma’lumotlar bazalari yuritilishi holati ko‘zdan kechirilib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi baholandi.

O‘rganish natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish hamda oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar va tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3