Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

📌 Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilish kun tartibiga muhim masalalar kiritildi. Jumladan:

✅Tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda bunga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil 1-chorak davomida hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikka olib keluvchi omillarni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish borasida olib borilgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.

✅ Shuningdek, tuman hokimligida edo.ijro.uz elektron hujjat almashinuvi tizimi orqali nazoratga olingan xatlarning ijro holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝Yig‘ilish davomida masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijro intizomini mustahkamlash, jinoyatchilikni kamaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

©️ Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3