Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Shuhrat Sirojiddinov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Toshpo‘lat Matibayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Ulug‘bek Rasulov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Said Gaziyeva Sakinaxon Sherzodovna 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada muammolar ochiq muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
📸 Jarayonlardan fotolavhalar
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish hamda yakunlarini muhokama qilish” masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i T.A. Alimov axborot berdi. Axborot davomida tumandagi yer resurslaridan foydalanish holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli savol-javoblar o‘tkazildi hamda taklif va mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida ushbu masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan xulosa berildi. Shuningdek, doimiy komissiya bayonnomasi rasmiylashtirilib, tegishli ko‘rsatma va takliflar asosida qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 2