Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
SHAHAR KENGASHINING QURILISH, KOMMUNAL, SUV XO‘JALIGI, EKOLOGIYA, SANOAT VA TRANSPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xabibulla Akilov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Zulfiya Mo‘minova 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Deputat o‘rganishidan so‘ng
янв.21
Doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida
янв.21
Deputat Otabek Jiyanbayev mahalladagi muammolarni o‘rgandi
🔰Kosonsoy tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi.

 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi sessiyasida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda iqtisodiyot va moliya bo‘limlarining kelishuv xatiga asosan, Kosonsoy tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔹 Unga ko‘ra:

— D-107 Namangan shahri – Kosonsoy shahri – Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi avtomobil yo‘lining 32–33-km oralig‘ida;

— D-113 Iskovat – Kosonsoy shahri – To‘raqo‘rg‘on shahri – Jomashuy shahri yo‘lidagi Soybo‘yi MFY hududida;

— A-373 avtomobil yo‘lining 11–12-km oralig‘ida

🚶‍♂️ Piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yo‘lning ajratuvchi qismiga temir panjaralar o‘rnatiladi.

💰 Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun jami 90 000 000 (to‘qson million) so‘m mablag‘ ajratish taklifi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Slide 1 of 6