Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi
янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Ulug‘bek Ziyodullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Yoshlar manfaatlari yoʻlida yangi tizim
янв.21
Inom Madjidov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Xalq bilan muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlariga quloq tutish va muammolarga yechim topish bugungi kun deputatlarining asosiy vazifasidir. Xalq deputatlari Oqoltin tumani deputatlari Gulnora Qorayeva hamda Odiljon Aliqulovlar tomonidan Shodlik MFYda aholi bilan uchrashuv o'tkazildi. 

  Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida mahalla fuqarolarini qiynab kelayotgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi: 

  Imtiyozli kreditlar: Tadbirkorlik boshlash va oilaviy daromadni oshirish niyatida bo‘lgan fuqarolarga bank kreditlari olish tartibi bo'yicha tushuntirishlar berildi. 

  Kadastr masalalari: Turar joylarni rasmiylashtirish va mulk huquqi bilan bog'liq muammolar tahlil qilinib, huquqiy maslahatlar berildi. 

  Aholi bandligi: Ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari diqqat markazida bo'ldi. 

  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 2