Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mirobod tumanidagi sug‘orish tizimi bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Muxtor Ilhomov tomonidan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida o‘rganish olib borildi
янв.21
Vasila Alimova tomonidan monitoring tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
Zulfiya Mo‘minova aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yakkasaroy tumanida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
KENGASH QARORLARI IJROSI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 KENGASH QARORLARI
IJROSI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
 

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash
hamda ular ustidan samarali nazoratni kuchaytirish maqsadida deputatlik so‘rovi
yuborildi. 

🔹 So‘rovda qarorda belgilangan ustuvor vazifalar,
xususan, 2026 yilning 1-choragida 93,1 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy
investitsiyalarni jalb etish hisobiga 4 ta eksportbop, yuqori texnologiyali
ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish borasidagi ishlar holati
tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilgani qayd etildi. 

🔹 Shuningdek,
investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammo
va to‘siqlar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan aniq
chora-tadbirlar, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha ishlab chiqilgan
rejalar, ularning amalga oshirish muddatlari hamda mas’ul ijrochilar faoliyati
yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi. 

🔹 Shu bilan birga,
loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, ularning barqaror va samarali faoliyat
yuritishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida ham
aniq axborot taqdim etilishi
lozim  

Slide 1 of 2