Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi jarayonlaridan fotolavhalar
янв.21
Uchtepa tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
янв.21
Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
янв.21
Shayxontohur tumanidagi yo‘l o‘tkazgich masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Ahrorxon Xashimxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
Deputat tomonidan ijtimoiy soha obyekti o'rganildi

🏫 Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashi deputati Umid Muhamedov tomonidan Mehrigiyo okrugidagi 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati o'rganildi. Hozirgi kunda ushbu tashkilot Yangi Bunyodobod va Bunyodobod mahalla aholisi uchun xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Hududdagi aholi soni 12000 dan ziyodni tashkil qiladi. Bino 400 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, 1000 dan ziyod bolalar bog'chaga joylashish uchun o'z navbatini kutib turishmoqda. 

📝 Mazkur masala deputat tomonidan o'rganilib bo'sh turgan yer maydoniga qo'shimcha bino qurish taklifi Toshkent shahar maktab va maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga kiritildi. 

✅ Mazkur 18-sonli DMTT Toshkent shahrida joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini 2027-2029 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash ishlari bo'yicha obyektlarning dastlabki manzilli ro'yhatiga 2027-yilda qo'shimcha 270 o'rinli bino qurish uchun kiritildi.

📱 Instagram (https://www.instagram.com/sergeli_tumani_deputatlari?igsh=MTc4dWh2enNmdWE=) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/1Ai4vRKLux/?mibextid=wwXIfr) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@Sergeli_tuman_deputatlari) 📱 Telegram (http://t.me/sergeli_tuman_deputatlari)

Slide 1 of 4