Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Zulfiya Xakimovaning "Inson hayoti va salomatligini asrash yo`lidgi islohatlar" mavzusidagi maqolasi
янв.21
Xalq deputatlari Тoshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov Kengashning ish rejasiga asosan o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati G'ofurjon Muhammedovning "Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2016 yildan bugungi kungacha erishilgan natijalar" nomli maqolasi bilan tanishing.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri A. Anarov tomonidan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi Kotibiyati xodimlari hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Xayitkulova ishtirokida uchrashuv va amaliy muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati Raxmatilla Sheraliyevning "Tarixiy-me’moriy obyektlarni ta’mirlash va turistlar oqimining ortishi" nomli maqolasi bilan tanishing.
янв.21
Yangiobod MFYda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
1-BAND IJROSI: YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 1-BAND IJROSI: YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

✏️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat O'.Shukurov tomonidan Do'rmonsoy mahallasidagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

🛡O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, yoshlarni sport va turli to‘garaklarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🛡Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

🛡Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni hal etish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🖥Yoshlar — e’tibor va qo‘llab-quvvatlash markazida!

Slide 1 of 2