Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Zulfiya Xakimovaning "Inson hayoti va salomatligini asrash yo`lidgi islohatlar" mavzusidagi maqolasi
янв.21
❗️Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati G'ofurjon Muhammedovning "Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2016 yildan bugungi kungacha erishilgan natijalar" nomli maqolasi bilan tanishing.
янв.21
Xalq deputatlari Тoshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov Kengashning ish rejasiga asosan o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri A. Anarov tomonidan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi Kotibiyati xodimlari hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Xayitkulova ishtirokida uchrashuv va amaliy muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati Raxmatilla Sheraliyevning "Tarixiy-me’moriy obyektlarni ta’mirlash va turistlar oqimining ortishi" nomli maqolasi bilan tanishing.
янв.21
Yangiobod MFYda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
📌 Deputatlar ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich Gulshan mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni joyida o‘rganish hamda imkon qadar tezkor hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, mahallada nonvoyxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor bilan uchrashilib, uning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi.
Tadbirkorning asosiy muammosi faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit olish bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, tadbirkorni kredit olish jarayonida ko‘maklashish maqsadida tuman Xalq banki bilan bog‘lanish masalasi joyida hal etildi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni aniqlash, ularni joyida o‘rganish va amaliy yechim topishning eng samarali yo‘llaridan biridir.

Slide 1 of 3