35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahridagi “Sog‘lom” mahallasida yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova Qibray tumanida Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Y. Lyapina hamda Bekobod shahar Kengashi deputati G. Abdullayeva tomonidan Bekobod shahrining “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sanitariya-tozalik holati va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov bilan birgalikda Yangiyo‘l shahridagi Farovon mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar va mahalla infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.
янв.21
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hamda shahar Kengashi faoliyatini oʻrgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya raisi o‘rinbosari D.Shoismanov bilan birgalikda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya kotibi H.Odilov bilan birgalikda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHI KOTIBIYaTI XODIMLARI TOMONIDAN NAZORATI TARTIBIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

O‘rganish jarayonida  qonunda belgilangan asosiy  yo‘nalishlar aholining  ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining malakali xodimlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlari hamda malakali ishchi kuchiga oid takliflar ta’lim va kasbga o‘qitish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur  tikivchilik sexi  YATT Begimqulova Yulduz Ergash qizi tomonida tashkil etilgan bo‘lib, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganishlari uchun zamonaviy o‘quv kurslari, amaliy mashg‘ulotlar hamda biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maslahatlar berish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur  tikivchilik sexi tomonidan 5 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda 5 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan.
Mazkur  tikivchilik sexi xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib, “Bog‘aro” mahallasidagi xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga mustahkam zamin yaratadi.

Slide 1 of 3