Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahridagi “Sog‘lom” mahallasida yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova Qibray tumanida Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Y. Lyapina hamda Bekobod shahar Kengashi deputati G. Abdullayeva tomonidan Bekobod shahrining “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sanitariya-tozalik holati va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov bilan birgalikda Yangiyo‘l shahridagi Farovon mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar va mahalla infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.
янв.21
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hamda shahar Kengashi faoliyatini oʻrgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya raisi o‘rinbosari D.Shoismanov bilan birgalikda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya kotibi H.Odilov bilan birgalikda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
XAVF OSTIDAGI ELEKTR TA’MINOTI: KIM JAVOBGAR?

Gap shundaki:
2018–2019 yillarda o‘rnatilgan beton tayanch ustunlar mavjud
Ammo elektr simlari HANUZ eski yog‘och ustunlarda qolib ketgan
Natijada elektr tarmog‘i tartibsiz, xavfli holatda ishlamoqda

Eng xavflisi — bu holat kelajakda yong‘in yoki boshqa ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin

Shu asosda deputat tomonidan elektr tarmoqlari korxonasiga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

Asosiy savollar:
Nega yangi ustunlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ish yakuniga yetkazilmagan?
Ajratilgan mablag‘ qayerga ketgan?
Bu mas’uliyatsizlik ortida kim turibdi?

Qonun bo‘yicha endi mas’ullar 10 kun ichida aniq va asosli javob berishi shart.

Bu oddiy muammo emas — bu aholi xavfsizligi masalasi
Har bir kechikish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin

Endi jamoatchilik kutadi: amal yoki yana sukut?

Slide 1 of 2