Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahridagi “Sog‘lom” mahallasida yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova Qibray tumanida Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Y. Lyapina hamda Bekobod shahar Kengashi deputati G. Abdullayeva tomonidan Bekobod shahrining “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sanitariya-tozalik holati va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov bilan birgalikda Yangiyo‘l shahridagi Farovon mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar va mahalla infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.
янв.21
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hamda shahar Kengashi faoliyatini oʻrgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya raisi o‘rinbosari D.Shoismanov bilan birgalikda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya kotibi H.Odilov bilan birgalikda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalar i bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya raisi E.Yunusov raisligida o‘tgan yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert-maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri sifatida Marg‘ilon shahar hokimligi Uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash bo‘limi boshlig‘i O.Yuldashevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilishicha, davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etishda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi aniq belgilangan. Fuqarolar uy-joy masalalari bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) yordamida elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatiga ega.

Mazkur tizim xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish, inson omilini kamaytirish hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Marg‘ilon shahrida jami 523 ta orderli xonadon mavjud. Shuningdek, shaharda uchta oilaviy yotoqxona faoliyat yuritmoqda:

- “Yovqochar” MFY, Turkiston ko‘chasi, 211-uy — 56 o‘rinli;
- “Go‘riavval” MFY, Safil to‘da ko‘chasi, 10-B uy — 88 xonadonli kvartira tipidagi yotoqxona;
- “Qashqar” MFY, B. Marg‘iloniy ko‘chasi, 2-B uy — 52 o‘rinli.

2025-yil davomida mazkur yotoqxonalarning koridorlari va tashqi fasad qismlari to‘liq ta’mirlandi. Ayniqsa, “Go‘riavval” mahallasidagi 88 xonadonli yotoqxonada isitish tizimi to‘liq yangilanib, qayta ishga tushirildi.

Mazkur loyiha uchun 620 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada ushbu yotoqxonada istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun qish mavsumini qulay sharoitlarda o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Hisobotda fuqarolar murojaatlari tahliliga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ma’lum qilinishicha, 2025-yil davomida virtual qabulxona orqali jami 164 ta murojaat kelib tushgan.

Joriy yilning shu davriga qadar esa 68 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 taga kamdir. Ushbu ko‘rsatkich sohada olib borilayotgan tizimli ishlar va muammolarni joyida hal etish amaliyoti samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 124-son qaroriga muvofiq, davlat uy-joy fondidagi xonadonlarda yashovchi fuqarolar belgilangan tartibda o‘z turar joylarini xususiylashtirish huquqiga ega.

Hisobot davrida bir nafar fuqaroning yashab turgan xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda xususiylashtirib berildi.
Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan davlat uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 6