Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahridagi “Sog‘lom” mahallasida yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova Qibray tumanida Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Y. Lyapina hamda Bekobod shahar Kengashi deputati G. Abdullayeva tomonidan Bekobod shahrining “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sanitariya-tozalik holati va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov bilan birgalikda Yangiyo‘l shahridagi Farovon mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar va mahalla infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.
янв.21
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hamda shahar Kengashi faoliyatini oʻrgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya raisi o‘rinbosari D.Shoismanov bilan birgalikda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Saidov, Hududiy saylov komissiya kotibi H.Odilov bilan birgalikda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashida Kengash raisi, doimiy komissiya raislari, deputatlik guruhi rahbarlari va siyosiy partiya raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Haftalik sarhisob

#Haftalik_sarhisob
🏛Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi:
Hafta davomida tuman Kengashi va hokimlik hamkorligida hudud rivoji hamda aholi farovonligiga qaratilgan qator muhim tadbirlar amalga oshirildi:
📌 Rejalashtirish va ijro: Haftalik ish rejalari belgilab olinib, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi qatʼiy nazorat ostida o'rganildi.
📈 Dolzarb vazifalar: “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi ishlar tahlil qilinib, ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
👥 Aholi bilan muloqot: Fuqarolarning shaxsiy murojaatlari to'g'ridan-to'g'ri joyiga chiqqan holda o'rganildi va muammolarni hal etish choralari ko'rildi.
👦🏻 Yoshlar eʼtiborida: Tuman hokimi ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning tashabbus va takliflari tinglandi.
✍️ Deputatlik nazorati: Hududdagi muammolarni hal etish maqsadida deputat so‘rovlari chiqarildi hamda Kengash raisining nazorat yordami tadbirlari tashkil etildi.

Slide 1 of 1