Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gavhar Rizayeva tomonidan Parkent tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq Deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Farida Ibragimova tomonidan Chinoz tumani Xo'ja MFYda Maxalla xotin - qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi xolati o'rganildi.
янв.21
Fuqarolar murojaati deputatlar nazoratida!
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov tomonidan Bo‘ka tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi faoliyati samaradorligini oshirish, doimiy komissiyalar ish yurituvini tizimli tashkil etish hamda raqamli platformalar imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Farrux Sarmanov Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Baxovadinov bilan birgalikda "Yangi turmush" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyev Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev bilan birgalikda Nurafshon shahrida maishiy chiqindilarni yig‘ish va ularni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi.
янв.21
Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 35 -sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati, O‘zLiDeP partiyasi a’zosi A. Anarov Angren shahar Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda mahalla hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.
KUTUBXONANING MUAMMOLARI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov, “Adolat” SDPdan saylangan deputat S.Shokirova va kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimovalar tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar, ish jarayonini, muammolarini o‘rgandilar.

Kutubxona 42 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘lib, 15 nafar xodimlar aholining keng qatlamiga xizmat qilib kelmoqdalar. Ilg‘or, Bog‘ishamol mahallalarida filiallari mavjud. Qushtamg‘ali mahallasida tuman hokimining tashabbusi bilan kitobxon qiz Odinaxon Suvonqulovaning shaxsiy kutubxonasi tashkil etilishida kutubxona xodimlari uslubiy yordam berdilar.

Deputatlar axborot-kutubxona markazi uchun alohida bino ajratish va zamonaviy jihozlash masalasi bo‘yicha murojaat qilishga kelishib oldilar.

Slide 1 of 3