Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 5-“Markazobod” saylov okrugi deputati Zaynabjon Abdullayevna Tillayeva, tumani Kengashiga Milliy tiklanish DPdan saylangan 3-“Navoiy” saylov okrugi deputati Nasiba Ramanovna Allabergenova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mo‘minjon Ilxamovich Yernazarovlar “Turkiston” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 13-“Nurafshon” saylov okrugi deputati Murod Talipjanovich Atajanov “Yaxtilik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
#munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ygani xalqimiz tarixiga, milliy davlatchiligimiz asoslarini yaratgan ulug‘ shaxs xotirasiga yuksak ehtirom namunasidir.
Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz mustaqillikka erishib, milliy taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘ydi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ham ana shu mustahkam poydevor ustida davom etmoqda.
🇺🇿Mazkur tashrif yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki millat taraqqiyoti o‘z tarixini qadrlagan, buyuk ajdodlari merosini e’zozlagan xalq qo‘lida bo‘ladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida ushbu tashrifni mamlakatimiz tarixiy xotirasiga bo‘lgan yuksak e’tibor va davlatchilik an’analarining uzviy davomi sifatida baholayman.

M.Hojiyeva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputat