Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 5-“Markazobod” saylov okrugi deputati Zaynabjon Abdullayevna Tillayeva, tumani Kengashiga Milliy tiklanish DPdan saylangan 3-“Navoiy” saylov okrugi deputati Nasiba Ramanovna Allabergenova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mo‘minjon Ilxamovich Yernazarovlar “Turkiston” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 13-“Nurafshon” saylov okrugi deputati Murod Talipjanovich Atajanov “Yaxtilik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 32-“Ko‘kcha” saylov okrugidan saylangan deputati Xusniddin Ergashev saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi murojaatlari asosida ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda Shayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Toshkent shahar Kengashi kotibiyati vakillari, “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi mas’ullari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Axborotda qayd etilganidek, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi va 6 ta doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilgan. Ularda mahallalardagi bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash, liftlarni yangilash, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarini ta’mirlash, ichki yo‘llar va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilashga oid masalalar muhokama qilingan.

📁 Deputat tomonidan okrug hududida sport maydonchasini barpo etish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 3 ta taklif ilgari surilib, tegishli qaror loyihalari doirasida ko‘rib chiqilgan.

🌳 “Yashil makon” loyihasi doirasida 32-“Ko‘kcha” saylov okrugi tarkibidagi mahallalarda 500 dan ortiq manzarali va 400 ga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlarni kengaytirish ishlari olib borilgan.

📨 Aholi bilan uchrashuv va qabullarda aniqlangan sug‘orish tizimi, obodonlashtirish hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga oid muammolar yuzasidan 3 ta deputatlik so‘rovi Toshkent shahar va Shayxontohur tumani hokimliklariga kiritilgan.

🗣 Chorak davomida okrugda 4 ta sayyor qabul, 3 ta uchrashuv va 2 ta ochiq muloqot tashkil etilib, ularda 60 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Kelib tushgan murojaatlarning 30 tasi ijobiy hal etilib, 5 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan, shuningdek, 20 nafar band bo‘lmagan fuqaroning bandligi ta’minlangan.

📉 Hududlarda bandlik va ijtimoiy himoya masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, 40 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari davom ettirildi.

🛣 Okrug mahallalarida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ham qator natijalarga erishildi. Jumladan, 1,5 ming kvadrat metr hududga asfalt yotqizildi, ko‘p qavatli uylarning 20 ta kirish yo‘lagi ta’mirlandi, 1 ta transformator almashtirildi hamda 1,2 kilometr elektr kabeli yotqizildi.

🔺 Gaz ta’minotini yaxshilash yo‘nalishida 3 ta gaz taqsimlash punkti o‘rnatildi, 8 ta gaz taqsimlash punkti texnik ko‘rikdan o‘tkazildi va 800 metr gaz quvuri bo‘yaldi.

📍 Mazkur ishlarning asosiy qismi “Shofayzi”, “Oqilon”, “Ko‘kcha”, “M. Uyg‘ur” va “Jarariq” mahallalari hududlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu mahallalarda ichki yo‘llar, elektr va gaz tarmoqlari, ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi, obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borildi.

🔎 Shuningdek, mahallalarda yoshlar bandligi, tibbiy xizmat sifati, ijtimoiy himoya, ko‘chalarni yoritish, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, issiq va sovuq suv, elektr va gaz ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda jamoat transporti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Uchrashuv yakunida Xusniddin Ergashev uchinchi chorakda ham “Shofayzi”, “Oqilon”, “Ko‘kcha”, “M. Uyg‘ur”, “Jarariq” va okrug tarkibidagi boshqa mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, kommunal muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda murojaatlar ijrosini deputatlik nazoratida olib borish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10