35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 5-“Markazobod” saylov okrugi deputati Zaynabjon Abdullayevna Tillayeva, tumani Kengashiga Milliy tiklanish DPdan saylangan 3-“Navoiy” saylov okrugi deputati Nasiba Ramanovna Allabergenova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mo‘minjon Ilxamovich Yernazarovlar “Turkiston” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 13-“Nurafshon” saylov okrugi deputati Murod Talipjanovich Atajanov “Yaxtilik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov Paxtakor mahallasida aholini sifatli va uzluksiz oqar suv bilan ta’minlash, mavjud suv yo‘llarining holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan latok tortish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ularning sifatli bajarilishi, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda aholi xonadonlariga suv yetkazib berish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ullarga latok tortish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, suv oqimining uzluksizligini ta’minlash hamda aholining mavjud muammolarini inobatga olgan holda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Mazkur ishlar Paxtakor mahallasi aholisining turmush sharoitini yaxshilash, ularni suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3