35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 5-“Markazobod” saylov okrugi deputati Zaynabjon Abdullayevna Tillayeva, tumani Kengashiga Milliy tiklanish DPdan saylangan 3-“Navoiy” saylov okrugi deputati Nasiba Ramanovna Allabergenova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mo‘minjon Ilxamovich Yernazarovlar “Turkiston” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 13-“Nurafshon” saylov okrugi deputati Murod Talipjanovich Atajanov “Yaxtilik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
#ish reja ijrosi #doimiy komissiya faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi

 Bugun navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy
islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda doimiy komissiyaning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi, mahallalar va ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud
holatni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari bilan birgalikda muhokama qilish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Xususan, hududlarda: 

🔹 ishsizlik va aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish; 

🔹 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, jumladan, maktabgacha va umumiy ta’lim tashkilotlari, oliy ta’lim hamda tibbiyot muassasalarining isitish tizimlarini mavsumga tayyorlash; 

🔹 Tashabbusli budjet loyihalari qay darajada samarali amalga oshirilmoqda? Fuqarolar bildirgan takliflar qanday moliyalashtirilmoqda? 

🔹 bozorlar faoliyati va narx-navoning barqarorligi bilan bog‘liq masalalarni mahallalar va ijtimoiy muassasalar kesimida o‘rganish bo‘yicha vazifalar
belgilab olindi. 

🔎 Nazorat-tahlil ishlari joylarda davom ettiriladi 

Yig‘ilishda belgilangan vazifalarning qog‘ozda qolib ketmasligi, amaliy natijadorligini ta’minlash maqsadida doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert guruhi vakillari ishtirokida joylarga chiqib, nazorat-tahlil ishlarini olib borish belgilab olindi. 

Bunda aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etish emas, balki ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda yechimlarni ishlab chiqish va ijrosini keyinchalik nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. 

💰 Tashabbusli budjet — jamoatchilik takliflari va amaliy natija 

Muhokamalar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori asosida tashabbusli budjet jarayonlariga kiritilgan takliflar va ularni
moliyalashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur yo‘nalishda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ahamiyati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilayotgan loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda aholining real ehtiyojlariga xizmat qilishi masalalari nazorat-tahlil jarayonlarining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. 

📊 Asosiy maqsad — nazoratdan natijaga. 

Doimiy komissiya tomonidan olib boriladigan o‘rganishlar davomida mahallalarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ijtimoiy obyektlarning mavsumga tayyorgarligini baholash, bandlik va narx-navoga oid masalalarni tahlil qilish hamda tashabbusli budjet loyihalarining samaradorligini o‘rganishga ustuvor ahamiyat beriladi. 

Yig‘ilish yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha joylardagi holatni o‘rganish, mas’ullar ishtirokida muammolarni muhokama qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash bo‘yicha kelishib olindi. 

Doimiy komissiyaning maqsadi — muammoni aniqlash, tahlil qilish va uning amaliy yechimiga erishish.  

Slide 1 of 2