Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 5-“Markazobod” saylov okrugi deputati Zaynabjon Abdullayevna Tillayeva, tumani Kengashiga Milliy tiklanish DPdan saylangan 3-“Navoiy” saylov okrugi deputati Nasiba Ramanovna Allabergenova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mo‘minjon Ilxamovich Yernazarovlar “Turkiston” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 13-“Nurafshon” saylov okrugi deputati Murod Talipjanovich Atajanov “Yaxtilik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan joylarda deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 17-Navro‘z saylov okrugi deputati M.Mirzayev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov Yangiobod mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori ijrosi doirasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan hudud infratuzilmasi, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati hamda aholi turmush sharoitiga oid qator masalalar ko‘tarildi. Fuqarolarning murojaat va takliflari deputat tomonidan "Ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosini nazorat qilish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Shuningdek, deputat va Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Yangiobod mahallasidagi mahalla yettiligi faoliyatini ham o‘rgandi. O‘rganishlar davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda ularni to‘lash jarayonlari atroflicha tahlil qilindi. Mas’ullar bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Fuqarolarning deputat bilan muloqotini yanada qulay tashkil etish maqsadida saylov okrugi hududidagi mahallalarga deputatning qabul jadvali hamda QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati aks ettirilgan axborot lavhalari o‘rnatildi. Mazkur tashabbus aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish, ularning yechimini ta’minlash va deputatlik faoliyatining ochiqligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi ham tomonidan 25-maktab huzurida tashkil etilgan bolalar oromgohi faoliyati o‘rganildi. Unda doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, hudud deputati M.Mirzayev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov ishtirok etdi.
O‘rganish davomida bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarining tashkil etilishi, ovqatlanish sifati, sanitariya holati, tibbiy xizmatning yo‘lga qo‘yilgani, dori-darmon zaxirasi hamda tibbiy xonaning holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiya va takliflar bildirildi.

Joylarda olib borilgan mazkur o‘rganishlar yakuni bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan sessiyaoldi muhokamasi doirasida ko‘rib chiqildi.

Xususan, 17-Navro‘z saylov okrugi deputati M.Mirzayev o‘z saylov okrugida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari va aniqlangan muammolar yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov bilan atroflicha fikr almashdi. Muhokama davomida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, ularning ijrosini tizimli nazorat qilish hamda sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan deputatlik takliflarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan joylarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4