Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
Deputat hududda

 Deputat Mirzoxid Kamilov
“Telov” MFYda aholi muammolarini o‘rganib, amaliy choralar belgiladi
 

Xalq
deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Mirzoxid Kamilov “Telov” MFY aholisi
bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda “mahalla yettiligi”
a’zolari, hokim yordamchisi hamda fuqarolar faol ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga doir dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
 

Muloqot davomida, kommunal infratuzilmani yaxshilash
masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti,
ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni yoritish tizimini modernizatsiya qilish
va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat
ushbu masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal
etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishini ma’lum qildi.
 

Shuningdek, uchrashuvda aholi murojaatlarini o‘z
vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish mexanizmini takomillashtirish, ijro intizomini
kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari va islohotlar ijrosi
ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash masalalari muhokama etildi. Deputat tomonidan
har bir murojaat ijrosi yuzasidan manzilli ishlash, muammoning ildiz sabablarini
aniqlash va tizimli hal qilish zarurligi ta’kidlandi.
 

Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati ham alohida
tahlil qilindi. Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash,
tadbirkorlikka jalb etish va imtiyozli kreditlar ajratish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi. Kam ta’minlangan oilalar bilan manzilli ishlash,
ularni kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbai yaratish masalalari ustuvor
vazifa sifatida belgilab olindi.
 

Uchrashuv asnosida 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi O‘zbekiston respublikasi Qonunining
mazmun-mohiyati ham keng tushuntirildi. Qonunda oilaviy biznesni tashkil etish,
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, soliq va moliyaviy imtiyozlar
hamda oila a’zolarining mehnat munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinishi
belgilab berilgani qayd etildi. Deputat fuqarolarni mazkur imkoniyatlardan samarali
foydalanishga, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni oilaviy tadbirkorlikka jalb etish
orqali daromad manbaini kengaytirishga chaqirdi.
 

Muloqot yakunida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf
etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi va mas’ul tashkilotlarga tegishli
topshiriqlar berildi. Uchrashuv ochiq, konstruktiv va amaliy ruhda o‘tib, aholi
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, hududdagi muammolarni joyida hal
etishga xizmat qildi.
  

Slide 1 of 1