Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya
ishida tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari,
kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador bo‘lim, tashkilot va idoralar rahbarlari,
shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Sessiya kun
tartibidan bir qator muhim masalalar o‘rin oldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF–158-son farmoni, 2024 yil 16 dekabrdagi
PQ–440-son, 2025 yil 1 apreldagi PQ–132-son qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining 2025 yil 1 maydagi KQ–172-V-son qarorining Quva tumanidagi
ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglandi. 

Shuningdek,
2025 yil davomida tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilik holatlarini
barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda qonuniylikni ta’minlash
borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi. Mazkur yo‘nalishda
2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. 

Sessiyada, shu
bilan birga, tuman aholisi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini
oshirish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
bo‘yicha 2025 yilda olib borilgan ishlar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan vazifalar
to‘g‘risida tegishli mutasaddilarning axborotlari tinglandi. 

Muhokamalar
davomida deputatlar tomonidan mas’ul rahbarlarga mavjud muammolarni bartaraf etish,
belgilangan qaror va farmonlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, aholi bilan ishlash
tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Sessiya yakunida
kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini
ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 7