Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
FAOL HAMKORLIK KЕRAK

Korrupsiya nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. 

Hozirgi kunda jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, unga qarshi qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada hukumatning bir nechta me’yoriy xujjatlari qabul qilindi.  

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PF-71-sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ham korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va samarali tashkil etishga qaratilgan. 

Mazkur farmonga ko‘ra, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizimni joriy etib, ushbu masalaga jamoatchilik, parlament va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish maqsad qilingan. 

So‘ngi vaqtlarda jamiyat rivojining ashaddiy kushandasi bo‘lgan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat xizmatchilarining oylik daromadlari bir necha barobarga oshirilib, ularning ish sharoitlari yaxshilanib borayotganiga qaramasdan afsuski, ayrim sohalarda korrupsion holatlar hali hamon davom etmoqda.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida eng ko‘p korrupsion holatlar sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi, bank tizimi sohalarida qayd etilgani ta’kidlandi. Demak, mazkur tizimlarda yo‘l qo‘yilayotgan muammolarni bartaraf qilish, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik vakillari, fuqarolik institutlari va deputatlarning yanada faol hamkorlik qilishlari lozim bo‘ladi. 

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalarida ta’sirchan choralarni ko‘rish talab etiladi. Chunki, huquqiy ongi, huquqiy madaniyati yuksak, huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.

Korrupsiyasiz jamiyat — mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sababi yurtimiz aholisining farovon yashashi, moddiy hamda ma’naviy boyliklarimizni asrab avaylash, iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy o‘zlikni asrash barchamizning burchimizdir.

Nigora USMONOVA, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati.