Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
Sog‘lom millat — yurt taraqqiyotining asosi

#munosabat

Sog‘lom millat — yurt taraqqiyotining asosi

Har bir davlatning eng katta boyligi — uning inson kapitali. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomada shu haqiqatni yana bir bor ta’kidladi: sog‘lom inson — davlatning poydevori, sog‘liqni saqlash esa yurt taraqqiyotining asosi.

📊Murojaatnomada davlat rahbari jahon tajribasidan kelib chiqib, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, profilaktik xizmatni kuchaytirish va tibbiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Prezidentning “faqat kasallikni davolash emas, uning oldini olish madaniyatini shakllantirish kerak” degan so‘zlari sohada yangi bosqichni boshlab berdi.

So‘nggi yillarda Samarqand viloyatida tibbiy xizmat ko‘lami kengaydi. Joylarda yangi shifoxonalar barpo etilib, qishloq vrachlik punktlarining rekonstruksiyasi, “onalik va bolalikni muhofaza qilish” dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar nafaqat infratuzilmani yangiladi, balki odamlarda davlat tizimiga ishonchni ham mustahkamladi.

Sog‘liqni saqlash tizimida yana bir muhim yo‘nalish — raqamli texnologiyalarni joriy etishdir. Elektron tibbiy kartalar, “onlayn shifokor” xizmatlari va mobil ilovaning yaratilishi odamlarga vaqt va mablag‘ni tejab, tezkor tibbiy yordam olish imkonini bermoqda. Bu — davlat xizmatlarining xalqqa yaqinlashganining amaliy ifodasi.

Murojaatnomada ta’kidlanganidek, tibbiyot tizimini faqat davlat yoki shifokorlar emas, balki butun jamiyat rivojlantiradi. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzi madaniyatini joriy etish, sportni ommalashtirish, soglom ovqatlanish va zararli odatlardan voz kechish masalalari ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Ayniqsa, ayollar va bolalar sog‘lig‘i masalasi har doim ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Samarqandda tug‘ruqxonalar va bolalar shifoxonalarini yangilash, onalar uchun psixologik va tibbiy maslahat xizmatlarini tashkil etish, qishloq mahallalarida patronaj tizimini kuchaytirish bu sohadagi amaliy ishlarga yorqin misol bo‘la oladi.

Shu bilan birga, soha xodimlarining mehnatiga munosib sharoit yaratish, ularning moddiy va ma’naviy rag‘batini oshirish ham davlat siyosatining ajralmas qismiga aylandi. Chunki sog‘lom avlodni tarbiyalashda eng katta mas’uliyat aynan ular yelkasida.

Prezident Murojaatnomasi sog‘liqni saqlash tizimidagi e’tibor va mas’uliyatni yanada oshirdi. Endi bu sohada har bir shifokor, har bir muassasa va har bir fuqaro oldida bitta umumiy vazifa bor — “Sog‘lom millat — kuchli davlat!” tamoyilini hayotga to‘liq tatbiq etish.

 Nargiza Kenjayeva,

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati

✈️

 @sam_vil_deputatlari