35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDEPdan saylangan 13-“Nurafshon” saylov okrugi deputati Murod Talipjanovich Atajanov “Yaxtilik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📍 Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi 18-“Yangiyo‘l” saylov okrugi, O‘zLiDEPdan saylangan deputati, tuman hokimi Ilxomboy Tilavbayevich Xudaybergenov “Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasiga tamal toshi qo‘yildi.
янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
Munosabat

 DEPUTAT GULNORA TO’XTANAZAROVA! 

Davlatimiz rahbari kasaba uyushmalari faoliyatini yanada rivojlantirish va mehnat munosabatlarini yaxshilash bo‘yicha kelgusi vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzalaridan qattiq ta’sirlandim. 

 “Inson qadri, uning hayot sifati faqat ish haqi bilan emas, balki ijtimoiy muhit bilan ham belgilanadi. 

 Buning uchun xodimlarni uy-joy, sifatli ta’lim, tibbiyot va transport xizmatlari bilan kafolatli ta’minlab, eng muhim hayotiy ehtiyojlariga yetadigan daromad topishiga sharoit yaratib berishimiz zarur”-deb etdilar davlat rahbari. 

   Darhaqiqat, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligida bugungi kunda bir qator manzilli loyihalarni amalga oshirish tizimi yaratildi. 

  Yurtboshimiz yuritayotgan odilona siyosat tufayli bu xizmat tubdan o‘zgardi. 

Ijtimoiy xodim o‘z mahallasidagi har bir oilaga kirib bordi. 

  Bugun Respublikamizning barcha hududlarida “Kunduzgi parvarish xizmati” tashkil etildi. Bu esa ijtimoiy muassasalarda tarbiyalanayotgan nogiron bolajonlarimizni o‘z oilasi, ota onasi, aka ukalari bag‘riga qaytishlariga imkoniyat berdi.  

 Yangi inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Endi ular ham o‘z tengqurlari bilan umumta’lim maktablarga, bog‘chalarga qatnamoqdalar. Avvalari o‘z yotoqlarida qolishga majbur bo‘lgan bo‘lsalar, bugun ular ham o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishga harakat qilmoqdalar.

Ijtimoiy xizmatlar nafaqat yordam, balki bolalarning iste’dodini ruyobga chiqarishini imkoniyati borligini ko‘rsatdi. 

 Bu xizmatlar onalarga o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishi imkonini berdi. 

Yana bir yangilik bu nogiron farzandini parvarish qilayotgan onaga maosh to‘lab, shu bilan birga ularga mehnat stajlariga kiritilishi onalar uchun katta imkoniyat berdi. 

 Albatta eng muhim omil bu-ota onalarning o‘z farzandiga mehrining qaytishiga erishilgan bo‘ldi. 30 yillik mehnat faoliyatimda doim qiynab keladigan og‘riqli nuqta bu nogiron bolaning o‘z yaqinlaridan ayro yashashi edi. Bugun bunga chek qo‘yildi. 

 Bu – Insonga bo‘lgan munosabat davlat siyosatiga aylanganligini natijasidir. 

Bundan buyon ham “Inson qadri uchun”, degan ezgu g‘oya Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi-dedilar davlatimiz rahbari. 

 Kasaba uyushmalari nafaqat mehnat muhofazasi, balki xodimlarning barcha ma’rifiy madaniy hayotida,
sport , kasbiy bayram tadbirlarida, keksalarni eslash va e’zozlashda, yurtimizning go‘zal go‘shalariga sayyohatlarni tashkil etishda, jamoatchilik hayotida hayot bilan hamohang bo‘lib kelmoqda.
 

 Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yillik yubileyi va yaqinlashib kelayotgan kasaba uyushmalari kuni bilan barcha kasaba ushmalari xodimlarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 

   

Slide 1 of 1