Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
2026-yil o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yili
янв.21
To‘rtko‘lda “Siyosatdagi yoshlar” intellektual “Zakovot” turniri o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil -o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yili
#Hurmatli ustozlar, qadrli murabbiylar!

#Hurmatli ustozlar, qadrli murabbiylar!

✍️Sizlarni bugungi qutlug‘ sana 1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

🖇Ustozlik – eng ulug‘ va sharafli kasb. Ustozlarimizning sabr-toqati, mehr-muhabbati va fidokorona mehnatisiz hech bir jamiyat yuksala olmaydi.

🖇Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovonligi va ertangi kunimizning porloqligi – ko‘p jihatdan sizlarning fidokorona mehnatingizga bog‘liq. Shogirdlaringizning yutuqlari, muvaffaqiyatlari sizlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingizga berilgan eng katta bahodir.

🖇Aziz ustozlar! Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizda fayzu baraka, farzandlaringiz va shogirdlaringizdan doimo quvonch ko‘rishni tilayman. Mehnatlaringiz e’zozda, maqomingiz hamisha yuksak bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustoz va murabbiylar!

Hurmat bilan,

Safarova Dilobar Axmadalinevna 

Nurafshon shahar deputati

Slide 1 of 1