Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
2026-yil o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yili
янв.21
To‘rtko‘lda “Siyosatdagi yoshlar” intellektual “Zakovot” turniri o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil -o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yili
Ta’lim sohasida yangi davr

         Hozirgi kunda har bir davlat taraqqiyotining asosi - bilimli va malakali kadrlardan iborat. Mamlakatimiz rahbari, kelajakni belgilashda ta’lim tizimini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagani barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega. Kuni-kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasidagi videoselektor yig‘ilishi ta’lim sohasida yangi davrning boshlanishi sifatida tariximizga kirdi.

         Yig‘ilishda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va kelgusidagi vazifalari aniq belgilandi. Avvalo, ta’lim tizimidagi eng muhim maqsad - har bir bolaning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularni milliy hamda umumjahon qadriyatlari asosida tarbiyalab, barkamol shaxs sifatida shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan, maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar alohida ahamiyatga ega. Yangi bog‘chalar qurilishi, eski bog‘chalarni modernizatsiya qilish va tarbiyachilarning malakasini oshirish bu jarayonning ajralmas qismidir. 182 ming yangi o‘rin yaratish rejalashtirilmoqda, bunda yangi bog‘chalar qurilishi muhim o‘rin tutadi. Tarbiyachilarning malakasi oshirilmoqda, ularning maoshlarini yaxshilash esa tarbiya sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar qurishga mo‘ljallangan uch yillik dastur ishlab chiqilmoqda, bu esa sohada yangi imkoniyatlarni yaratadi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.

        Pedagoglar va tarbiyachilarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, ularning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida maoshlariga ustamalar joriy etilmoqda. Bugungi kunda 60 mingdan ortiq pedagog 10 million so‘mdan yuqori maosh olmoqda, bu esa ularning kasbiy faoliyatini yanada kuchaytirishga imkon beradi. Yangi baholash tizimi asosida ijobiy natijalar ko‘rsatgan maktablar va pedagoglar ustamalar bilan taqdirlanmoqda, bu esa ta’lim sifatini oshirishga katta turtki bo‘lishi albatta kutilmoqda.

        Maktab ta’limida innovatsiyalarni joriy etish ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. 1-sinfda informatika darslari yo‘lga qo‘yildi, kelgusi o‘quv yilidan sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa yoshlarimizning zamonaviy texnologiyalar bilan tanishishi va ularni samarali foydalanishiga xizmat qiladi. Iqtidorli o‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar soni ko‘paytirilmoqda, eng nufuzli 2 ta - xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari ilk bor mamlakatimizda o‘tkaziladi, bu esa yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshiradi.

        Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash masalasi ham davlatimiz rahbarining alohida e’tiborida. Texnikumlar va kasbga o‘rgatadigan muassasalarda xalqaro standartlar joriy etilmoqda va dual ta’lim tizimi kengaytirilmoqda. Bu esa yoshlarga ishbilarmonlik ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. 

Nilufar AKRAMOVA,

“Adolat” SDP Toyloq tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati.

Slide 1 of 1