Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
2026-yil o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yili
янв.21
To‘rtko‘lda “Siyosatdagi yoshlar” intellektual “Zakovot” turniri o‘tkazildi.
янв.21
2026-yil -o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yili
Deputat va tadbirkor uchrashuvi: Imtiyozli kreditlar – istiqbolli loyihalarga yo‘l ochmoqda

 Jalaquduq tumanida aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati E.Qurbonov tomonidan tumanda imtiyozli kreditlar asosida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqarolar bilan doimiy muloqotlar o‘tkazilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 26-sentyabr kuni "Yangisor" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro M. Muxtorov bilan
uchrashdi. Ushbu fuqaro 100 million so‘mlik imtiyozli kredit asosida savdo sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlab, tumanda iqtisodiy faollikni oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, M. Muxtorov o‘z faoliyati orqali 4 nafar mahalliy aholi uchun doimiy
ish o‘rni yaratgan. Bu esa, nafaqat ishsizlikni kamaytirish, balki aholi daromadini oshirish va turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Дeputat E.Qurbonov tadbirkorga kelgusidagi rejalari, faoliyatini kengaytirish yo‘nalishlari hamda duch kelayotgan muammolar haqida so‘rov-surishtiruvlar o‘tkazdi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ham ma’lumot berdi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish
va yoshlar o‘rtasida tashabbuskorlik ruhini oshirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 5