✅ Oydin dehqon bozorida narx-navo muqobilligi va aholiga belgilangan tartibda sifatli hizmat ko'rsatish ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi guruh tashkil etilgan.
♻️ Nazorat jarayonlarida Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, Shahar Kengashi deputatlari Sayfiddin Subanov, Matluba Ashurova, Doniyor Karimovning vakili va boshqa ishchi guruhi vakillari ishtirok etdi.
✅ Narxlarning muqobil ekanligi, sifatli va tabiiy mahsulotlarning bozorga kirib kelishi jarayonlari hamda eng asosiy omil tozalik darajasi tekshirilib o'tildi.