Sessiyamiz ishida Mirobod tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Iqtisodiyot va Moliya bo‘limi
boshlig’i, shuningdek, mutasaddi rahbarlar va masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida Mirobod tumani bo‘yicha tashabbusli byudjet jarayonining 2025-yil ikkinchi mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish to‘g‘risidagi hisobot eshitib chiqildi.
Shuningdek, 2025-yil 2-chorakda turli sohalarda erishilgan natijalar va 2025-yil uchun rejalarga oid masʼullarning hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. Sessiya yakunida kun tartibida muhokama qilingan
masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.