Suhbatda Oq uy MFY raisi Anvar Yusupov, yoshlar yetakchisi Orzumurod Ibragimov, xotin-qizlar faoli Shoira Karimova, ijtimoiy xodimi Nilufar Mirzaaxmadiy, soliq inspektori Munira Vaxabova, Profilaktika inspektori Dilshod Xasanov, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi kotibiyat mudiri Avaz Karimov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Mamanazarov ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot orqali suhbat davomida deputat M.Sh.Mullaboyev joriy yilning 14-15-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan umumxalq xasharida Oq uy MFY aholisi, nuroniylar boshchiligida ayniqsa yoshlari, mahalla yettiligi, faollar bilan birgalikda hasharni o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
Deputat M.Sh.Mullaboyev tomonidan 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida olib borilgan suhbat davomida mahalladagi yerlik xonadonlarning atrof maydoni tozaligi va ichki ko‘chalarni yoritilishi holati, sovuq suv, kanalizatsiya, elektr quvvati, gaz ta’minoti, shuningdek, maishiy chiqindilarni hududdan olib chiqib ketish bilan bog‘liq masalalar holati;
yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi;
Mahalladagi aholi va bolalar uchun mavjud sport zallaridan, darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, jihozlarining holati:
2026-yil uchun “Ayollar daftari”ni 5 ta toifa bo‘yicha shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash, aniqlangan fuqaroni tizimga bog‘lash;
tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida keyslar ochish, ichki resurslaridan unumli foydalanib ularni harakatga undash, orqali sonini kamaytirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.