Yangiliklar

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “haftalik ish rejasi”ga muvofiq, deputat S.Rizayeva “Yangi Qo‘yliq” MFYda yettilik a’zolari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi.

Suhbat davomida yettilik a’zolarining xar birining o‘z yo‘nalishi bo‘yicha e’tibordan tushib qolayotgan, biroq dolzarb bo‘lgan yechimini kutib turgan masalalarga urg‘u berildi.

Jumladan: Yangi Qo‘yliq MFY raisi Baxodir Abdurashitov bilan ko‘p qavatli turar joy binolaridagi liftlarni ishlashi, holati, boshqaruv kompaniyalari (BSK) faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (poyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati, uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr quvvati, gaz bilan bog‘liq masalalar holati, mahalla binosining kadastr hujjatlari to‘g‘risida muloqot bo‘ldi.  

Taklif: Yangi Qo‘yliq mahallasi “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, juda katta obodonlashtirish ishlari olib borildi. Rahmat. Ammo bir ish nihoyasiga yetmadi. Mahalla hududiga ekilgan daraxt va butalarni sug‘orish tizimini yaratish zarurati bor, artizan qudug‘i qazilib, suv chiqarish yo‘li orqali ekinlarni qurishini oldi olinadi.

Shuningdek 125-umumta’lim maktabining isitish tizimi, sinf xonalari, oshxonasi faoliyati bilan tanishdi. Maktab 1000 nafar o‘quvchi sig‘imiga mo‘ljallangan, biroq hozirda 1700 o‘quvchi ta’lim oladi. 3-yil oldin to‘liq kapital ta’mirdan chiqarilgan. Maktab ichida faqat 1 qavatda qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida bo‘lgan 2 ta hojatxona mavjud. Muammo o‘rganildi, qo‘shimcha 8 ta hojatxona qurilishi uchun tuman hokimligiga taklif kiritilib, mablag‘ ajratishda amaliy yordam berishga kelishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash
 Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 19