Deputat tashabbusi: Mahalla yo‘llari xavfsiz hududga aylanadi!
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Bag'ishamol saylov okrugi deputati F.Anorboyev tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan Mahalla ichki ko'chalari, ko'chalarni tunda yoritilishi, yo'l transport hodisalari ko'p sodir bo'layotgan joylarda yo'l transport hodisalarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari to'g'risida o'rganish olib bordi.
🚧O'rganish davomida Mahalla ichki ko‘chalarda YTHni kamaytirish uchun quyidagi 4 asosiy yo‘nalish muhim chora-tadbirlar belgilanganligi aniqlandi:
-Tezlikni pasaytirish va yo‘lni qayta tashkil etish
-Tungi yoritishni kuchaytirish
-Xavfli hududlarni aniqlab, kompleks choralar ko‘rish
-Aholi va texnologiyalar orqali nazoratni kuchaytirish
👉 Eng samarali natija infratuzilma + nazorat + targ‘ibot birgalikda amalga oshirilganda yuz beradi.