Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 ✅ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati A.Uljayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qaroriga asosan mukammal ta’mirlanayotgan Oqoltin tuman Kelajak markazi davlat muassasasi binosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi. 

 ✅ O‘rganish jarayonida Oqoltin tuman Kelajak markazi davlat muassasasi binosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari oxiriga yetkazilmaganligi hususan 

- Elektr montaj ishlari to‘lliq amalga oshirilmagan; 

- Binoning hovli qismida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hali boshlanmagan; 

- Qurulish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar olib chiqib ketilmaganligi aniqlandi. 

 ✅ Deputat tomonidan aniqlangan muammolarning yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli ma’sullar bilan zarur chora-tadbirlar ko‘rish masalasini muhokama qilish belgilab olindi.  

Slide 1 of 5