Yangiliklar

Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashining VII chaqiriq XVIII sessiyasi bo‘lib o'tdi.

Bugun Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashining VII chaqiriq XVIII sessiyasi bo‘lib o'tdi.

Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov, tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev, tegishli mas’ullar, deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya ishi davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir bir qator muhim masalalar, xususan, aholining turmush tarzini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan manzilli dasturlarni amalga oshirish, infratuzilmani yaxshilash orqali 2 ta tanlab olingan mahallalarni "Yangi O‘zbekiston" qiyofasidagi mahallalarga aylantirish masalalari muhokama etildi. 

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishi tuman hokimligining rasmiy sahifalari orqali onlayn yoritib borildi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati (https://t.me/konimex_tumani_axborot_xizmati)

Slide 1 of 7