Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova "Bunyodkor" mahallasida joylashgan QVP binosida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari bilan joyida tanishdi. Ta’mirlash jarayonini ko‘zdan kechirib, quruvchilar hamda mas’ul mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
O‘rganish davomida ishlar belgilangan reja asosida, sifat talablariga to‘liq rioya qilgan holda olib borilishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ishlarni jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Fuqarolarga qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash muhimligi qayd etildi. Mazkur jarayon deputat nazoratiga olindi.