35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 12-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Bugun Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 12-sessiyasi bo'lib o'tdi. Tuman Kengashi deputatlari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq

Tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirish,
shuningdek aholi bandligini taʼminlash yuzasidan 2025 yil I chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijro etilishi yuzasidan Bekobod tumanida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

Bekobod tumanida 2025 yiling I choragi davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bekobod tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2025 yilning I-choragi davomida aholi muammolari bilan ishlashda korxona va tashkilotlar faoliyati yuzasidan;

Bekobod tumanida oltinchi bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

Tuman mahalliy byudjeti daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida;

Tuman mahalliy byudjet ijrosi to‘g‘risida, tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari to‘g‘risida ;

Bekobod tumanida 2025 yilning sug‘orish (vegetatsiya) mavsumi uchun suvisteʼmolchilariga ajratiladigan cheklangan suv miqdori (limit) ni tasdiqlash to‘g‘risida;  

Olimpiya va Paralimpiya harakati, sport taʼlimi va seleksiya hamda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholi jismoniy faolligini oshirish yuzasidan Bekobod tumanida 2025-2027 yillarda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 - yil 29- noyabridagi Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining doimiy komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi;

VII-2-07-10-135-K/24-son hamda 2025-yil 6-fevraldagi VII-7-22-10-135-K/25-sonli qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Yo. Mo‘minovalarning axborotlari tinglanib Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi har bir hisobot va axborotlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.

     

Slide 1 of 4